Yoshlarimiz bugun U20 jahon chempionatida 10-o'yinni o'tkazishadi

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2013, 12:18
Bugun Ahmadjon Musaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiya yashil maydonlarida bo'lib o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida to'rtinchi o'yinni o'tkazadi.
O'zbekiston terma jamoasi bunga qadar ikki bor yoshlar o'rtasidagi mundialda ishtirok etgan. 2003 va 2009 yillarda yoshlarimiz guruhdan chiqa olishmagan. O'sha yillarda bo'lib o'tgan 6ta o'yinning 5tasida raqiblarga imkoniyat boy berilgan. Faqat 1 bora durang natijaga erishganmiz, to'plar nisbati 5:12 edi. Bu yilgi musobaqada esa vakillarimiz 1tadan g'alaba, durang va mag'lubiyat qayd etishdi. To'plar nisbati umumiy 9:17ga o'zgardi.  
 
2003 yil

O'zbekiston U20 - Mali U20 - 2:3
O'zbekiston U20 - Argentina U20 - 1:2  
O'zbekiston U20 - Ispaniya U20 - 0:1  
 
2009 yil

O'zbekiston U20 - Gana U20 - 1:2  
O'zbekiston U20 - Urugvay U20 - 0:3
O'zbekiston U20 - Angliya U20 - 1:1  

2013 yil

O'zbekiston U20 - Yangi Zelandiya U20 - 3:0  
O'zbekiston U20 - Xorvatiya U20 - 1:1
O'zbekiston U20 - Urugvay U20 - 0:4  
 
Gretsiya yoshlari esa birinchi bor ushbu Jahon chempionatida ishtirok etishmoqda. Raqibimiz hozircha bir g'alaba va ikki durang qayd etdi, to'plar nisbati 3:2.

2013 yil

Gerciya U20 - Meksika U20 - 2:1
Gerciya U20 - Mali U20 - 0:0  
Gerciya U20 - Paragvay U20 - 1:1 


Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadigan o'yinni saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif