Yo'g'e?! "Real" "Zenit" futbolchisi uchun 35 mln. evro va Kovachichni bermoqchi

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2018, 15:29
"Zenit" yarim himoyachisi Leandro Paredes faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" argentinalik futbolchi uchun 35 mln. evro to'lashga tayyor. Bundan tashqari kelishuvga "qaymoqranglilar" xavbeki Mateo Kovachich ham qo'shilishi mumkin, ammo xorvat Rossiyada to'p tepmoqchi emas.

Paredes 2017 yilning iyul oyida 23 mln. evro evaziga "Roma"dan "Zenit"ga o'tgan edi. Joriy mavsum 23 yoshli xavbek piterliklar safida 27ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Clarin