Yang: Zaxani buyuk kelajak kutyapti

25 iyul 2013, 13:46
"Manchester Yunayted" qanot yarim himoyachisi Eshli Yang klub yangi futbolchisi Zaxa ushbu ampluada yuzaga keltirgan raqobatdan xursand ekanini ta'kidladi.

Jarohatini davolab, safga qaytgan Yangda yangi jamoadoshi o'yini juda yaxshi taassurot qoldirdi.

"Jamoada kuchli raqobat yuzaga kelgan. Shuning uchun har kuni o'z uchtingda ishlashing, mashg'ulotlarda o'zingni yaxshi ko'rsata olishing kerak. Jamoada Uilfreddek futbolchilarning paydo bo'lishi bu faqat klub foydasiga ishlaydi. U - ajoyib futbolchi".

"Zaxa klbu bilan turneda ishtirok etyapti va bu unga hamma bilan yaqindan tanishib olishiga yordam beradi. Biz jamoaga kelib qo'shilgan har bir futbolchini quchoq ochib kutib olamiz".

"O'z tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, hozirgi holatda tinimsiz mehnat qilish lozim. Uilf hozir aynan shunday qilyapti. U ajoyib futbolchi bo'lib yetishadi. Aga uni buyuk kelajak kutayotganiga shubha bo'lganida biz uni jamoaga qo'shib olmasdik, menimcha", - deydi Yang MUTVga bergan intervyusida.

Manba: manutd.ru