Yaman bilan beshinchi bor o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
6 okt 2019
O'zbekiston va Yaman terma jamoalari shu kunga qadar to'rt bor rasmiy o'yinlarda to'qnash kelishgan.

Dastlabki ikki bahs JCH-1998 saralashi doirasida, keyingi ikki o'yin esa JCH-2018 saralashi doirasida o'tkazilgan.


Yaman - O'zbekiston 0:1
Gol:
No'mon Hasanov 30 penalti

O'zbekiston - Yaman 5:1
Gollar:
Igor Shkvirin 6, 68, Oleg Shackix 61, 80, Ravshan Bozorov 67 - Omar Al Ariki 31.

O'zbekiston - Yaman 1:0
Gol:
Aleksandr Geynrix 51, - 1:0.

Yaman - O'zbekiston 1:3
Gollar:
Al Sarori 90+2 - Azizbek Haydarov 7, Server Jeparov 31, Stanislav Andreev 50.


Demak, O'zbekiston va Yaman o'rtasidagi to'qnashuvlarda vakillarimizning natijalari ajoyib: 4ta o'yin 4ta g'alaba, to'plar nisbati - 10:2. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Yaman uchrashuvi 10 oktyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia