XXI asrning eng yaxshi sportchilari kuchli o'nligidan ikki futbolchi joy oldi

Eldor Akmurzayev
11 iyun 2020, 19:20
Marca gazetasi 21 asrning eng kuchli atletlari reytingi tuzdi.

Top-10 ro'yxatdan “Barselona” sardori Lionel Messi (7) hamda “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu (10) o'rin egalladi.

Reytingda peshqadam sifatida esa suzish bo'yicha 23 karra olimpiya o'yinlari g'olibi Maykl Felps ko'rsatilgan.

1. Maykl Felps (suzish)

2. Useyn Bolt (yugurish)

3. Rodjer Federer (tennis)

4. Rafael Nadal (tennis)

5. Kobi Brayant (basketbol)

6. Tayger Vuds (golf)

7. Lionel Messi (futbol)

8. Lyuis Xemilton (avtopoyga)

9. Valentino Rossi (motopoyga)

10. Krishtianu Ronaldu (futbol) 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca