

PSJ va "Real" klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yarim final o'yinida to'qnash keladi.
Madrid jamoasining hujumchisi Kilian Mbappe turnirdagi ilk golini o'tgan bahsda Dortmundning "Borussiya"siga qarshi (3:2) urdi.
– "Real" faqat bitta futbolchi o'ynamaydi! "Qirollik klubi" juda kuchli, biz ularning barcha futbolchilarini hurmat qilishimiz kerak. Bor e'tiborimiz shu bahsga qaratilgan.
– Mbappening maydonda bo'lishini xohlaysizmi yoki zaxirada?
– Bu qiyin savol. Mbappe – hozirgi eng yaxshi futbolchilardan biri. Mbappe bilan "Real" yanada xavfli jamoa." – dedi PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliya.



