Xummels jarohat tufayli "Augsburg" bilan o'yinni o'tkazib yuboradi

Tolibjon Qosimov
27 avg 2014, 11:43
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Augsburg"ga qarshi o'yinda Mats Xummelsni maydonga tushira olmaydi.
Malumotlarga ko'ra, Germaniya terma jamoasi futbolchisiga oyoq mushaklari jarohati diagnozi qo'yilgan. Uning terma jamoa safida ham o'ynashi so'roq ostida turibdi. Yoaxim Lyov shogirdlari 3 sentyabrda Argentina bilan, 7 sentyabr kuni Shotlandiya terma jamoasi bilan uchrashadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com