Xulen Lopetegi: “Uchinchi gol bizni sindirdi”

16 avg 2018, 07:34
“Real” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi UEFA Superkubogida “Atletiko”ga (2:4) uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.

-Biz yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ammo bu g'alaba uchun etarli bo'lmadi. Beyl? Menimcha, u juda yaxshi o'ynadi. Mavsumning ushbu bosqichida uning sport formasida ekanligi ajoyib. O'ylaymanki, u shu ruhda o'ynashda davom etadi.

-Sizni bugun nima ko'proq ranjitdi?

-Biz mag'lub bo'ldik. Albatta, bu xursand etadigan holat emas. Biz to'rtta gol o'tkazdik, bu albatta, yaxshi emas. Bunday bo'lishi kerakmas. Uchinchi gol bizni “sindirdi”. Biz javob golini urishni judayam istagandik. Ammo yakunda yana gol o'tkazdik va hammasi tugadi.

-Zidan qo'l ostida jamoa ketma-ket uch marta YCHLda g'olib chiqdi. Balki jamoa kuboklardan “to'yib” qolgandir?

-Ko'pchilik shunday deb hisoblaydi. Ammo biz uyg'onishimiz va ertadan boshlab Ispaniya chempionati haqida o'ylashimiz lozim. O'ylaymanki, futbolchilarimiz katta yutuqlarni qo'lga kiritishga chanqoq,- deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi qirollik klubi bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru