Xuanfran: "Ronaldu eng kuchlilar safiga kiradi"

Aslanov Jasurbek
5 fev 2015
"Atletiko" himoyachisi Xuanfran Torresning takidlashicha, "Real"ga qarshi uchrashuvda raqib hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga tushishi quvonarli hol.

"Ronaldu xato qildi va keyinroq buni tan oldi. U bizga qarshi o'ynay olishi juda yaxshi holat. Kuchlilarga qarshi o'ynash yoqadi, Ronaldu aynan shundaylar safiga kiradi" - deydi Xuanfran.

Ronaldu "Kordova"ga qarshi uchrashuvda raqib futbolchisiga qo'ppolik ishlatgani uchun ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com