"Xorazm" yarim himoyachisi jamoadan ketdi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2025, 12:30
Tajribali yarim himoyachi xorazmliklar bilan xayrlashdi.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lum qildi.

"Muxlislarga "Lokomotiv"dagi yorqin o'yinlari bilan tanish bo'lgan tajribali yarim himoyachi Sanjar Shoahmedov "Xorazm" klubi bilan do'stona xayrlashdi", – deyiladi xabarda.

34 yoshli xavbek joriy mavsum 18 o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali uni 150 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia