

Jumladan, yangi mavsum Superligada ishtirok etadigan "Xorazm" klubi ham tayyorgarlik jarayoniga katta e'tibor bermoqda. Mavsumga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida "Xorazm" futbol klubi joriy yilning 14 - 28 fevral sanalarida Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishni rejalashtirilgan.
Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
E'tiborlisi, Antaliya shahrida bo'lib o'tadigan yig'in doirasida 4 ta nazorat uchrashuvlari o'tkazilishi kelishib olingan.
17 fevral Xorazm - Iberiya 1999 (Gruziya Respublikasi)
20 fevral Xorazm - UFA FC (Rossiya Federatsiyasi)
23 fevral Xorazm - Baltika (Rossiya Federatsiyasi)
26 fevral Xorazm - Farde (Norvegiya Qirolligi)



