Xoland - Norvegiyada yil futbolchisi

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland faoliyatida 1-bor Norvegiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Xoland "Molde" va "Red Bull Zalcburg" jamoalarida o'ynab, joriy yilning yanvar oyida nemis klubiga ko'chib o'tgan edi (20 mln evro evaziga).

20 yoshli forvard 2020 yilning 2-yarimda "Borussiya" libosida 14 o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi. U Norvegiya terma jamoasida o'tgan yili debyut qildi va bugunga qadar 7 o'yinda 6 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qilishga ulgurdi.

Xoland - Bundesliganing noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi 


Manba: fotball.no