

"Man Siti" hujumchisi Erling Xoland faoliyatida pulning ahamiyati qanday ekanligi haqida gapirdi.
"Men yoshligimda hamma kabi eng zo'r futbolchi bo'lishni va shu orqali pul topishni orzu qilardim. Hozir shuni bajarmoqdaman.
O'ylashimcha, pul hamma uchun muhim. Ko'proq pul topish eng muhimi emas, ammo hamma bunga intiladi.
Agar sizga aynan bir xil ishni qilish uchun 5 ming yoki 10 ming kron taklif qilishsa, siz 10 ming kronni tanlaysiz. Hamma shu kabi yo'l tutadi. Men futbol o'ynashni va shu orqali topgan pulimga butun umr yashashni orzu qilganman", -deydi Erling Xoland.



