Xoland APLning "eng yaxshi yosh futbolchisi" sovrini qo'lga kiritishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
9 may 2024, 15:44
Angliya Premer-Ligasi 2023/24-yilgi mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lish uchun nomzodlarni aniqlab oldi.

Ro'yxatga mavsum boshida 23 yoshdan katta bo'lmagan futbolchilar kiritildi: Fil Foden, Erling Xoland (har ikkisi - "Manchester Siti"), Aleksander Isak ("Nyukasl") Kobbi Maynu ("Manchester Yunayted"), Koul Palmer ("Chelsi"), Bukayo Saka, Vilyam Saliba (har ikkisi - "Arsenal"), Destini Udodji ("Tottenxem").

Ovoz berish jarayoni 13 may sanasigacha davom etadi.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: premierleague.com