Xenderson uchun PSJ va "Chelsi" kabi klublar kurashmoqda

Mirjalol Normatov
13 fev 2020, 21:15
PSJ hamda "Chelsi" ayni damda "Manchester Yunayted" posboni Din Xendersonning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"ESPN" xabariga ko'ra, ikki klub ham posbonni yozgi transferlar oynasi vaqtida o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Agarda mankunianliklar taklif bilan chiqishmasa, Xendersonning o'zi "Manchester Yunayted"dan ketishga tayyor. Ayni damda MYU darvozasini David de Xea qo'riqlamoqda.

Ushbu mavsumda ijara asosida "Sheffild Yunayted" tarkibida Xenderson 26 o'yinda 22 gol o'tkazib yubordi. Uning MYU bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN