
Faqat hujumkor futbol bilan musobaqada g'olib chiqib bo'lmaydi. Biz 2010 yildagi chempionatda yaxshi himoyalanib, jamoaviy o'yinni yo'lga qo'ya olgandik. O'shandan beri biz bu ishni yaxshi amalga oshira olmayapmiz. Ko'p e'tiborni hujumga qaratib yuboryapmiz. To'g'ri, aynan hujumkor o'yinimiz evaziga juda ko'pchilik mehrini qozonganmiz. Lekin hozir faqat chiroyli o'yinni emas, ko'proq aqlli futbol ko'rsatib, nihoyat Jahon kubogini boshimiz uzra baland ko'tarish haqida bosh qotirishimiz zarur. Asosiy maqsadimiz chempionlik.