Xavining "Al Sadd"i Qatar ligasida 34 o'yindan beri yutqazmayapti - bu klub rekordi. Liga rekordi - 41 o'yin

Alisher
27 okt 2021, 12:10
"Al Sadd" Qatar oliy ligasi 7-tur doirasida "Umm Salal" (3:1)ni mag'lub etdi.

Xavi boshqarayotgan jamoa chempionatdagi mag'lubiyatsiz seriyasini 34 o'yinga qadar etkazdi va klub rekordini o'rnatdi. Liga rekordi - mag'lubiyatsiz 41 tur.

Seriya 2020 yilning martidan beri davom etmoqda. "Al Sadd" bu vaqt davomida 30ta g'alaba va 4ta durang qayd etdi. 

Jamoa keyingi o'yinini 30 oktyabr kuni "Al Ahli"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca