Xavi: "Ushbu mavsum sovrinlar bilan muxlislarni xursand qilmoqchimiz"

Mirjalol Normatov
7 avg 2022, 16:25
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoaga qo'yilgan maqsad haqida gapirdi.

"Bizda yaxshi jamoa bor, mashg'ulotlardagi hissiyotlar a'lo darajada. Barcha yaxshi ishlamoqda: harakatchan, yaxshi tepmda. Shu sababli mavsumoldi yig'inlarni zo'r o'tdi deya olaman.

Odamlarga sodiqlik taqdim qila olamiz, chunki Levandovskining taqdimotida bu yaqqol ko'rindi. Odamlarning ko'zida ishonch ko'rinib turibdi.

Ushbu mavsumda ko'proq sovrinlar yutib, yaxshi o'yinlar orqali muxlislarni xursand qilishni istaymiz. Ular bunga loyiq", - dedi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal