Xavi Silva haqida: “Hammasi “Man Siti”ga bog'liq”

Eldor Akmurzayev
25 avg 2022, 09:15
“Barselona” ustozi Xavidan “Man Siti” hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silvaning ehtimoliy transferi haqida so'rashdi.

“Bernardu Silvani xush ko'rmaydiganlar yo'q menimcha. U juda zo'r o'yinchi va “Manchester Siti” yetakchilari qatorida.

Fikrimcha, Bernardoga o'xshash futbolchilar juda oz, albatta, u menga yoqadi, ammo hammasi “Manchester Siti”ga bog'liq”, deydi ispaniyalik mutaxassis.

28 yoshli portugaliyalik joriy mavsum APLda 3 o'yinda qatnashib, 1+1 natijaga erishdi. Uning transfer narxi 80 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano