Xavi: "Neymar "Barselona"ning rejalariga kirmaydi"

Sherzod Nurmatov
8 iyun 2023, 18:23
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi PSJ hujumchisi Neymarning jamoaga qaytishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Bu ma'lumotlar meni hayratda qoldirdi... U bizning rejalarimizda yo'q. Men buni juda qadrlayman, lekin bizning maqsadlarimiz boshqacha. Sport bo'limi barcha yozgi transferlar bo'yicha qaror qabul qilib bo'ldi", – dedi Xavi.

Oldinroq Neymar Lionel Messining transferi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgach, "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Neymar 2017 yildan beri PSJ safida o'ynamoqda. Shartnoma 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi hamda 17 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Jijantes FC