Xavi: "MYU biz uchun qiyin raqib"

Tolibjon Qosimov
16 fev 2023, 17:48
Bugun Yevropa ligasida 1/16 finalning dastlabki o'yinlari bo'lib o'tadi.

Bugungi super to'qnashuv oldidan "ko'k-anorranglilar" ustozi Xavining fikrlari.

"Ten Xag - ajoyib murabbiy. Men "Yunayted"dagi vaziyatni o'zgartirish oson bo'lmasligiga ishonardim, lekin u buni uddalamoqda. Ularning o'yini sabab klub va muxlislar yana hayajonni his qilishmoqda.

U (Ten Xag) jamoaning hujum va himoyadagi o'yinini o'zgartirdi. Har bir futbolchi qattiq mehnat qilmoqda. Shunday ekan, MYU biz uchun qiyin raqib.

Erik murabbiy sifatida hujumkor futbolni tanladi va ko'plab o'yinlar buni tasdiqlamoqda. Ishonchim komilki, u bunday futbolni yoqtiradigan murabbiylar uchun etalon hisoblanadi".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com