Xavi mag'lubiyatdan so'ng: "Buni fojia sifatida qabul qilmaymiz"

Aziz Tukhtamuradov
15 apr 2022, 09:42
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Ayntraxt"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (2:3) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bizning qahramonligimiz yetishmdi. Yutqazdik, ammo to'plar orasidagi farqni bittagacha qisqartirdik. 

Yaxshi o'ynay olmay, hujumda nima qilishni tushunmay qoldik. O'yinni nazorat qildik, ammo Evrokuboklarda bunday xatolar qimmatga tushadi. Endi chempionatga bor e'tiborimizni qaratamiz. 

Muvaffaqiyatga erishishga uringandik. Buni fojia sifatida qabul qilmaymiz. Ammo men hafaman. Endilikda maqsadimiz - Chempionlar ligasiga yo'llanma olish", - dedi Xavi. 





O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca