Xavi: Gvardiola ingliz futbolini o'zgartira oladi

Aziz Tukhtamuradov
25 may 2016
"Al Sadd" futbolchisi Xavi Manchester Sitida ish boshlayotgan Xosep Gvardiolaning ingliz futboliga ta’sir ko'rsata olishini aytib o'tdi.


"Manchester Siti" bosh murabbiyligi - Gvardiola uchun ajoyib imkoniyat. U ingliz futbolini yuzini o'zgartira oladi.

Agar kimdir buni qila olsa - u Gvardiola bo'ladi. Shu bilan birga, unda katta bosim bo'ladi. Chunki, Xosepdan doim katta narsalar kutishadi.

U shubhasiz, ayni paytda dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri", - deydi "Barselona"ning sobiq futbolchisi Xavi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com