Xavi Depayning Korreaga almashtirilishiga qarshi chiqdi

Sherzod Nurmatov
17 yanv 2023, 10:23
Niderlandiyalik futbolchi yozgacha Kataloniya klubida qolishi mumkin.

"Barselona"ga Memfis Depayni "Inter"ning argentinalik hujumchisi Xoakin Korreaga almashtirish varianti yoqdi. Biroq "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavi bunday kadrlar qaroriga qarshi va bu haqda klub rahbariyatini xabardor qilgan, deb xabar beradi AS.

Depay joriy mavsum "Barselona" safida atigi 4 ta o'yinda maydonga tushdi. Kataloniyaliklar Memfisdan qutulmoqchi, biroq niderlandiyalik hujumchi Xaviga yoqadi.

Avvalroq "Barselona" Depayni "Inter" futbolchisiga almashtirishga yaqin ekanligi ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS