Xavi championat.asia saytiga mini intervyu berdi

Narzulla Saydullayev
8 apr 2019, 22:51
9 aprel kuni "Al Sadd" klubi Osiyo chempionlar ligasi 3-turi doirasida "Paxtakor" mehmoni bo'ladi.

Qatar klubi safida ispaniyalik Jahon chempioni, Yevropa chempionlar ligasi g'olibi Xavi faoliyat olib bormoqda.

Saytimiz muxbiri bugungi rasmiy mashg'ulotdan oldin Xavidan mini intervyu olishga muvaffaq bo'ldi. Futbolchi shoshib turgani uchun suhbat uzoqqa cho'zilgani yo'q.

- Bu faoliyatingizdagi oxirgi mavsummi?

- Ha, katta ehtimol bilan futbolchi sifatidagi so'nggi mavsumimni o'tkazayapman.

- Endi murabbiy bo'lmoqchimisiz?
- Ha murabbiy bo'lib ishlamoqchiman.

- Qayerda ishlamoqchisiz, "Al Sadd"dami yoki Qatar terma jamoasida?
- Balki, balki Qatar terma jamoasida.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Al Sadd" uchrashuvi 9 aprel kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.




Artyom Melikov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia