Xavi "Barselona"dagi debyutdan so'ng nimalar dedi?

Aziz Tukhtamuradov
21 noya 2021, 07:52
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi murabbiy sifatidagi ilk o'yin - "Espanol"ga qarshi bahsdan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men xursandman. Biroz qiynaldik, ammo hozir oson g'alabalar bo'lmaydi. O'yinimizni yanada kuchaytirishimiz kerak. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi sezildi va jamoa ham bor kuchini berdi. 

Biz yanada yaxshiroq o'ynab, yaxshiroq hujum qilamiz. Muhim bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdik. Oldinda qiladigan ishlarimiz ko'p. 

G'alaba bilan boshlasang, barchasi boshqacha ketadi", - dedi Xavi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca