Xavi “Barselona” futbolchilariga dam berdi, ammo 9 o'yinchi mashg'ulotlarga keldi

Eldor Akmurzayev
23 fev 2022, 09:25
Bu haqda “Sport.es” xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Barselona” ustozi Xavi Neapolga uchishdan oldin seshanba kuni shogirdlariga dam berishga qaror qilgan.

Biroq, shunga qaramay, jamoaning to'qqiz futbolchisi mashg'ulotlarga keldi va o'z ustida ishlashni afzal ko'rdi. Bular, Erik Garsiya, Ferran Torres, Serxio Buskets, Dani Alves, Lyuk de Yong, Ronald Arauxo, Serxi Roberto, Memfis Depay va Kleman Lengle.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar 25 fevralda Yevropa Ligasi 1/16 final javob bahsi doirasida “Napoli” bilan bahslashadi. Ilk o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport.es