Xavi: "Barselona" doim 1:0 hisobida g'alaba qozonayotgani meni xavotirga solgani yo'q"

Omonjon To`xtamirzayev
24 apr 2023, 15:36
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Atletiko" ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g'alabadan so'ng fikr bildirdi.

"Bu juda yaxshi natija. Men barcha o'yinlarda 1:0 hisobida g'alaba qozonishimiz tarafdoriman. Bu meni xavotirga solmayapti.

Bugun ko'proq gol urishimiz mumkin edi, hamma ko'rdi. Vaziyat meni bezovta qilgani yo'q.

30 turda o'z darvozamizdan atigi 9 ta to'p olib chiqdik. Bu himoyada ajoyib ish olib borayotganimizni bildiradi. Biroq bu nafaqat bizning xizmatlarimiz, balki raqiblarning omadsizligi hamdir", – dedi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca