Xaverc kelsa, Nketia "Arsenal"ni tark etadi

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2023, 15:39
"Arsenal" hujumchisi Eddi Nketia "Chelsi" futbolchisi Kay Xavercning londonliklar safiga o'tishi bilan bog'liq xabarlardan so'ng o'z kelajagini ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda "The Sun" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 24 yoshli hujumchi klubda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi. Havercning transferi uning muntazam o'ynash qobiliyatini shubha ostiga qo'yadi.

Avvalroq Xaverc "Arsenal"ga o'tishdan oldin dam olish kunlari tibbiy ko'rikdan o'tishi haqida xabar berilgandi.

Nketia 2022/23 yilgi mavsum "Arsenal" safida barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Uning "kanonirlar" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun