Xashimoto debyut o'yinida Shomurodovni almashtirdi

8 avg 2020, 23:35
"Rostov" RPL birinchi turida safarda "Tambov" klubidan ustun keldi (1:0).

RPL. "Rostov" yangi mavsumni g'alaba bilan boshladi

Mazkur bahsning 83-daqiqasida "Rostov" ustozi Valeriy Karpin hamyurtimiz Eldor Shomurodov o'rniga yarim himoyachi Kento Xashimotoni maydonga tushirdi.

Shu tariqa 26 yoshli yaponiyalik futbolchi "Rostov"dagi debyutini nishonladi. Eslatib o'tamiz, Kento donliklar tarkibiga "Tokio"dan kelib qo'shilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia