Xames Rodrigesning o'gay otasi: "Unga dunyoning bir nechta katta klublari qiziqish bildirmoqda. "Real" uni transfer qiladi degan umiddamiz"

Alisher
16 iyul 2020, 10:44
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigesning o'gay otasi futbolchining yozda klubini o'zgartirishi haqida gapirdi.

"Bir necha katta klublar Xames bilan shartnoma imzolashni xohlashmoqda. U eng yaxshi o'yinchilardan biridir va u har qanday jamoada muhim rol o'ynashi mumkin.

"Real" transfer qiladi degan umiddamiz", - deydi Restrepo.

Oldinroq, Xamesning "Atletiko"ga o'tishi deyarli hal bo'lgani aytilgandi. Futbolchi "Real"ga 2014 yilda o'tgan va jamoa safida 125ta o'yinda maydonga tushib, 37ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Super Combo del Deporte