Xames Qatardan vataniga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
26 mar 2022, 19:45
Qatarning "Al Rayyan" klubi va Kolumbiya terma jamoasi vice-sardori Xames Rodriges faoliyatini o'z mamlakati chempionatida davom ettiradi.

Manbaga ko'ra, 30 yoshli hujumkor yarim himoyachiga "Atletiko Xunior" da'vogarlik qilmoqda.

Yarim himoyachi 2021 yilning yozida Qatar klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzgan edi. Transfermarkt portali uni 15 million evroga baholayapti.

Rodriges faoliyati mobaynida "Banfild", "Portu", "Monako", "Real", "Bavariya" va "Everton" klublari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato