Xames jarohat oldi va 3 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2017, 18:14
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan navbatdagi uchrashuvlarda jamoa yarim himoyachisi Xames Rodrigesni maydonga tushira olmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining chap oyog'i mushaklarida muammo bor. Oldinroq kolumbiyalik o'ng oyog'idan shunday jarohat olgan edi. Xames "Qirollik klubi"ning bugungi mashg'ulotida ishtirok eta olmadi.

Taxminlarga ko'ra, Rodriges kamida 3 haftaga safdan chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Radio Caracol