Xabi Alonso "Chelsi"dan "Real" yulduzini o'z safiga qo'shishni so'radi

14 may 2026, 21:35
Xabi Alonso "Chelsi" bilan faol muzokaralar olib bormoqda.

Mutaxassis yozda jamoani boshqarishi mumkin.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, Alonso allaqachon birinchi transfer so'rovini ma'lum qilgan. Murabbiy London klubidan "Real" yarim himoyachisi Arda Gyulerni o'z safiga qo'shishni so'radi. Yarim himoyachi transferga rozi bo'lishi mumkin. Gyuler "Bernabeu"dagi keskin vaziyatdan xavotirda. Alonso bilan birlashish imkoniyati turkiyalik futbolchini o'ziga jalb qilmoqda.

Bu mavsumda Arda Gyuler "Real" safida 50 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: fichajes.com