Xabi Alonso Arda Gyulerni "Bayer"da ko'rmoqchi

Sherzod Nurmatov
26 iyul 2024, 11:16
Leverkuzenliklar Arda Gyulerni ijaraga olmoqchi.

Germaniyaning "Bayer" klubi Ispaniyaning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Arda Gyulerga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "Diario Sport".

Xabar qilinishicha, leverkuzenliklar 19 yoshli Gyulerni bir mavsumga ijaraga olmoqchi va allaqachon "qaymoqranglilar"ga rasmiy taklif bilan chiqqan.

Arda Gyuler o'tgan mavsum "Real" safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport