"Vulverxempton" Puchga qiziqmoqda. U "Barsa" bilan Adama Traorening bitimiga kirishi mumkin

Alisher
8 mar 2022, 14:07
"Barselona" xavbeki Rikard Puch faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

22 yoshli o'yinchiga "Vulverxempton" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Ko'k-anorranglilar"da ingliz jamoasi bilan yaxshi munosabat bor. Puch "Vulvs"dan ijaraga olingan Adama Traorening "Barsa"ga to'laqonli o'tishidagi bitimga qo'shilishi mumkin.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es