Vitaliy Lyuks: "Faxr tuyg'usini his qilyapman"

18 yanv 2019, 13:36
Qirg'iziston terma jamoasi hujumchisi Vitaliy Lyuks tarixiy o'yindagi xet-trikidan so'ng mikst-zonada jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- G'alabadan keyingi hissiyotlar qanday?
- Men juda baxtliman. Muhim g'alabani qo'lga kiritishda yordam berganimdan xursandman.

- O'zingizni millat qahramoni deya olasizmi?
- Faxr tuyg'usini his etayotganimni ayta olaman. Butun mamlakatga quvonch ulashganimizdan baxtliman.

- Avval ham xet-trik nishonlan nasib etganmi?
- Terma jamoada safida bu birinchisi. Germaniyada esa bazan bu ishni takrorlab turaman (kuladi)

- Gol urishingizni sezganmidingiz?
- Xitoyga qarshi juda ko'plab vaziyatlardan foydalana olmagandim. Kuchli istak va xohish bunga turtki bo'ldi. Shu boisdan ham hech bo'lmaganda bitta gol urmoqchi edim. Ko'rib turganingizdek, ishtaha ovqat paytida keldi (kuladi)

- Pokerni rasmiylashtirishga ham yaqin kelgandingiz...
- Ha, imkoniyat bo'lgandi. Mo'ljalni poylashda adashdim.

- Uchrashuvdan avval gol urishingizni tush ko'rmaganmidingiz?
- Yo'q. Lekin do'stim Kashuba tushida ikkita gol urganimni ko'rganini aytgandi. Aftidan Kashuba tushini oxirigacha ko'rmagan shekilli (kuladi)

- Bu g'alaba Qirg'iziston futboli uchun nimani anglatadi?
- Menimcha, biz bu erga shunchaki tashrif buyurmaganimizni isbotladik. Ilk bor bu kabi nufuzli musobaqada qatnashyapmiz. Buyog'iga bu ishtirok doimiy bo'lmog'i lozim.

- Ehtimoliy raqiblaringiz haqida nima deya olasiz?
- Buyog'ini vaqt ko'rsatadi. O'ylashimcha, katta ehtimol BAA bilanto'qnash kelamiz. Mezbonlarga qarshi o'yin qiziqarli bo'lardi.


Miron Goyxman suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia