Vitaliy Levchenko: "Kim yaxshi tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa, natija o'sha tomonda bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
26 avg 2023, 22:02
OKMK hamda "Neftchi" o'rtasidagi Superliganing 17-tur uchrashuvidan (1:1) so'ng mehmon jamoa ustozi Vitaliy Levchenko mabuot anjumaida ishtirok etdi.

“Bugun biz yaxshi va sifatli o'yin tashkil qildik. Hujumlar uyushtirdik. To'g'ri, uchrashuv oxirida omad biroz yuz o'girdi. Ammo, baribir ko'zlagan maqsadga erishdik, deb o'ylayman.


Uchrashuvga ko'rgan tayyorgarligimiz o'z natijasini berdi. Nimani ko'zlagan bo'lsak, rejamiz bo'yicha barchasi davom etdi. Albatta, kerakli golni urganimiz ajoyib bo'ldi. O'ylagan rejalarimizning deyarli barchasi amalga oshdi.


Albatta, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Kim yaxshi tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa, natija o'sha tomonda bo'ladi. Raqib ham yaxshi harakat qildi. O'z navbatida OKMKni Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgani bilan tabriklayman. Bugungi raqibimizga OCHLda yaxshi qatnashishini, yuqori natijalarga erishishini hamda ko'proq muvaffaqiyatlar qozonishini tilab qolaman”, – dedi Levchenko.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz