

"mundolevanteud" xabariga ko'ra, "Vilyarreal" kelasi mavsumning dastlabki qismini "Syutat de Valensiya" stadionida qabul qilishi mumkin.
"Vilyarreal" o'zining "Estadio de la Seramika" stadionida katta ta'mirlash ishlarini olib bormoqchi. Bu ishlar 2022 yilning iyun oyidan dekabr oyigacha davom etadi.
Shu sababli klub o'ziga boshqa uy stadioni tanlab qo'ygan. Shu orqali "Levante" qurilish ishlaridan keyin o'zining stadionida ta'mirlash ishlarini olib boradi va uy o'yinlarini "Estadio de la Seramika" stadionida o'tkazib turadi.



