"Vilyarreal" himoyachisi: "Liverpul" bilan o'yinda bor kuchimizni sarflashga tayyormiz"

Sherzod Nurmatov
26 apr 2022, 19:56
Ispaniya klubining argentinalik himoyachisi Xuan Foyt Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi "Liverpul"ga qarshi birinchi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz ular qanday o'ynashini hali bilmaymiz, ammo biz xotirjammiz, chunki murabbiylar shtabi o'yinga jiddiy yondashib, ko'p soatlik mehnat qilmoqda. 

Bor kuchimizni berishga tayyormiz,  "Liverpul" "Siti" va "Yunayted"ni mag'lub etgan top-jamoa ekanligini bilamiz. Jamoaning hujum chizig'i kuchli, himoyada esa juda tartibli o'yin ko'rsatadi. Menimcha, "Liverpul" Yevropa jamoalari ichidagi eng muvozanatlisidir.

Luis Dias, Mane, Saloh... Men ular bilan hali uchrashganim yo'q, lekin hurmat qilaman. Ular yuqori saviyadagi o'yinchilar, ko'ramiz, qanday bo'larkan", – dedi argentinalik futbolchi.

"Liverpul" – "Vilyarreal" bahsi ertaga 23:59 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tribalfootball.com