"Vilyarreal" "Chelsi" darvozaboniga qiziqmoqda

Alisher
5 may 2022, 10:38
"Vilyarreal" "Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalagaga qiziqmoqda.

Ispan klubi bosh murabbiyi Unai Emeri darvozabonning xaridini yozdagi transfer maqsadi sifatida belgilab oladi.

Posbon "Chelsi"ga rekord, aniqrog'i 85 mln evro evaziga o'tgandi, ammo asosiy tarkibda o'rin egallay olmadi. Emeri "Liverpul"ga qarshi Chempionlar Ligasi yarim final javob o'yinida Xeronimo Rulining muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so'ng darvozabon qidirmoqda.

Arrisabalaga joriy mavsum APL doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: thehardtackle.com