Villian 37-o'yinda "Arsenal" safidagi ilk golini urdi

Alisher
10 may 2021, 13:06
"Arsenal" yarim himoyachisi Villian APL doirasidagi "Vest Bromvich" (3:1)ga qarshi o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi.

Bu braziliyalik futbolchining "kanonirlar" tarkibidagi ilk golidir. U bu golni klubdagi 37-o'yinida urdi.

Villian bunga qadar APLning joriy mavsumdagi 24ta o'yinida 2 bor darvozaga aniq zarba bergan edi.

32 yoshli futbolchi "Arsenal"ga o'tgan yili "Chelsi"dan o'tgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SkySportsStatto