Vidich MYU mashg'ulotiga tashrif buyurdi

Aslanov Jasurbek
23 fev 2019
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Nemanya Vidich klubning Karrington bazasidagi mashg'ulotiga tashrif buyurdi.

37 yoshli serb "Liverpul"ga qarshi Premer-liganing 27-tur o'yinidan oldin sobiq klubdoshlari bilan uchrashdi.

Vidich faoliyati davomida MYU safida 300ta uchrashuv o'tkazgan. "Manchester Yunayted" "Tvitteri"da Nemanya Matich va Ule-Gunnar Sulsherning surati e'lon qilindi.

Vidich "Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvida Sky Sports kanali eksperti sifatida ishlaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: manutd.com