VIDEO. Turkiyaning EVRO-2016ga chiqqani ma'lum bo'lgan payt

Narzulla Saydullayev
14 okt 2015, 14:53
Kecha Fotih Terim boshchiligidagi Turkiya terma jamoasi Yevropa chempionatiga yo'llanma oldi.

Ko'pchilik nima uchun aynan Turkiya EVRO-2016ga chiqqanini tushunmayapti. Turkiya saralash bosqichidagi guruhlarda uchinchi o'rinni egallagan jamoalar ichidan eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'ldi.

3-o'rinlar orasida eng yaxshilarni aniqlash uchun o'sha guruhlarda 6-o'rinni olgan jamoalar bilan natijalar bekor qilindi. Sababi so'nggi I guruhida 5ta jamoa bor edi.

Turkiya terma jamoasi o'z maydonida Islandiyani mag'lub etdi va kamida pley-offda o'ynash huquqini qo'lga kiritdi. Guruhda kim so'nggi o'rinni egallashi Latviya - Qozog'iston uchrashuvida aniqlandi. Agar Qozog'iston safarda Latviyani mag'lub etsa latishlar so'nggi pog'onaga tushib ketishardi va turklar Fransiya chiptasini qo'lga kiritishardi. Sababi Turkiya Latviya bilan o'yinda 2 ochko, Qozog'istondan esa 6 ochko olgandi. Yakunda aynan shunday bo'ldi va Fotih Terim jamoasi qita chempionatiga yo'llanmani kechaning o'zida qo'lga kiritdi.

Quyidagi videoda turklarning Latviya - Qozog'iston uchrashuvining yakuniy natijasidan xabar topgandan keyingi holati aks etgan.


Xorijdagilar uchun TAS-IX hududida bo'lmagan varianti ham bor. VIDEO


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia