Musobaqa favoritlaridan biri Braziliya terma jamoasi kutilmaganda Kolumbiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Uchrashuv bosh hakami Enrike Ossesning o'yin yakunlangani haqidagi hushtagi chalingach Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar to'pni jaxl bilan tepib yubordi, to'p esa g'alabani nishonlashni boshlab yuborgan Pablo Armeroga borib tegdi. Shundan so'ng Kolumbiyaning g'alaba goli muallifi Murillo "Barselona" a'zosiga ikki og'iz gap aytdi, bunga javoban hujumchi engilgina qilib "kalla qo'ydi". Karlos Bakka esa ortdan kelib Neymarni itarib yubordi. Xullas har ikki terma jamoa o'yinchilari o'rtasida janjal yuzaga keldi. Oqibatda, Bakkaning libosi yirtildi, kamiga hakam Neymar va Bakkaga qizil kartochka ko'rsatdi.
Quyida Braziliya- Kolumbiya o'yinidan keyin ro'y bergan janjalni kuzatishingiz mumkin.
TAS-IX
TAS-IX emas