Vesti.kz: Sidelnikov Qozog'istonda yil futbolchisi, Geynrix uchinchi, Kapadze to'rtinchi

Narzulla Saydullayev
11 noya 2013, 12:39
Vesti.kz sayti foydalanuvchilarining ovoziga ko'ra "Aktobe" darvozaboni Andrey Sidelnikov Qozog'istonning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Qozog'istonlik posbonga 5 797 nafar ishtirokchi ovoz berdi. Ikkinchi o'rinni "Shaxter" futbolchisi Andrey Finonchenko (4 463 ovoz) egalladi. Uchinchi o'rinni 699ta ovoz bilan"Aktobe"ning o'zbekistonlik legioneri Aleksandr Geynrix egalladi.

Yana bir o'zbekistonlik futbolchi Timur Kapadze to'rtinchi o'rinni egalladi. U 674 ta ovoz oldi.

Sidelnikov va Geynrix "Aktobe" safida Qozog'iston chempioni bo'ldi, Finonchenko esa "Shaxter" tarkibida Qozog'iston kubogi sohibi bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: vesti.kz