"Vest Xem" futbolchisi: "Mavsumni "Liverpul"dan yuqorida tugatamiz"

Mirjalol Normatov
19 sen 2023, 21:33
"Vest Xem" futbolchisi Mikail Antonioning fikriga ko'ra, jamoasi mavsum yakunida "Liverpul"dan yuqorida bo'ladi.

"Mavsumni "Liverpul"dan yuqorida tugatamiz. Shunday deya olaman.

"Liverpul"ning "Vulverxempton"ga qarshi o'yinini tomosha qildim, unda "Vulvz" g'alaba qozonib ketishi mumkin edi. Ularda ko'plab vaziyatlar bo'ldi. Ushbu hafta oxirida "Liverpul"ga qarshi o'ynaymiz va bu 6 ochkolik o'yin bo'ladi va ochkolarni qo'lga kiritamiz!", - dedi Antonio.

"Liverpul" APLda 5 turdan keyin 13 ochko to'plagan holda 3-o'rinda bormoqda. "Vest Xem" esa 10 ochko bilan oltinchi qatorni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Footballer’s Football