Venger: "Suonsi"da ikkita zarba bo'ldi va ular gol bilan yakunlandi"

Aslanov Jasurbek
3 mar 2016, 13:14
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Suonsi"ga qarshi bahs (1:2) haqida fikr bildirdi.

Bu o'yinda "Arsenal"ning omadi kelmadi. "Suonsi" ikkita zarba berdi va ular gol bilan yakunlandi.

Ular birinchi golni urganida futbolchilarimiz to'xtab qolishdi, chunki oldinroq Mesut Ozilga qarshi qoida buzilgan edi. Hakam qoidabuzarlik qayd etishi kerak bo'lgan vaziyatda, bunga e'tibor qaratmadi.

Keyingi uchrashuvda g'alaba qozonishimiz shart" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC Sport