Venger: "Ertangi derbi juda qiziq bo'lishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
6 fev 2015, 23:32
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Tottenxem"ga qarshi 7 fevral kuni bo'lib o'tadigan Premer-liganing 24-tur uchrashuvida kutayotganlari haqida bo'lishdi.

"Derbida o'z maydoningda o'ynash katta ahamiyatga ega emas. Hamma o'yin sifatiga e'tibor beradi. Ertagi derbi o'zgacha bo'ladi, chunki ikkala jamoa ham yuqori o'rinlarga da'vogarlik qilmoqda. Uchrashuv tomoshabop bo'ladi.

Bizda o'zimizga bo'lgan ishonch katta, chunki himoyada yaxshi o'ynayapmiz" - deydi Venger.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com