Varan uchun 4 klub kurashmoqda

Mirjalol Normatov
27 mar 2019, 23:10
"Real" himoyachisi Rafael Varanning xizmatlariga bir yo'la 4 jamoa jiddiy qiziqmoqda.

"Sport.es" xabariga ko'ra, ayni damda fransiyalikni "Manchester Yunayted", "Bavariya", PSJ va "Yuventus" kabi jamoalar o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Transfer summa esa 100 million evroni tashkil qilishi mumkin.

Oldinroq Varan yozda "Real"ni tark etishni istayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi. Bu mavsumda u jamoasi tarkibida 35 o'yinda qatnashib, 2 gol kiritdi. Varanning "Real" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es